MSK: Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishSaylov uchastkasi
Saylov uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soat 11.00gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 33,73 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan deb hisoblanishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar qildi.

Matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, soat 11.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 33,73 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.

Shunday qilib, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi qonunning 35-moddasiga ko‘ra Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Saylov jarayoni davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0