Ichki ishlar vazirining internet-qabulxonasi ochildi

© Jeshu JohnKompyuterda ishlash
Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virtual qabulxonaga vazirlik sayti orqali elektron xat yordamida murojaat qilish mumkin.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston Ichki Ishlar vaziri Adham Axmedboyev virtual qabulxona ochdi, deb xabar qilmoqda, IIVning matbuot xizmati.

Vazirga murojaat qilish uchun muassasa sayti orqali elektron xat yuborilsa bo‘ldi. Saytda shuningdek murojaat bajarilish holatini tekshirib ko‘rish ham mumkin.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qabulxonasiga kelgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus bo‘lim tashkil qilindi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mansabdor shaxslar xalqqa yaqinroq bo‘lishi, xalqning dardiga quloq tutishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Davlat xizmati to‘g‘risida” qonun ishlab chiqarilmoqda. Yangi qonunga ko‘ra, o‘z vazifasiga layoqatli bo‘lmagan amaldorlar ma’muriy va jinoiy jazoga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev sentabrda ochgan internet qabulxonasiga ikki oy dvomida 200 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan edi. Qabulxona shuningdek kuniga 10 mingdan ortiq telefon murojaatlari qabul qilmoqda.

Shundan keyin, ko‘plab mansabdor shaxslar o‘z internet internet qabulxonalarini ocha boshlashdi. Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, moliya vaziri Rustam Azimov, Xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi raisi Davron Xidoyatov, Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajanov, ToshDU va TATU rektori Tulkin Teshaboyevlar shular jumlasidan.

Yangiliklar lentasi
0