TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga bo‘lgan talab 200-300%ga oshdi deb xabar qilmoqda podrobno.uz, Nargiza Nishonova-Rixter (FIJET) xabariga asosan.
G‘arb mamlakatlarida O‘zbekiston madaniy, tarixiy, me’morchilik, arxeologik va ekologik sayohatlar maskani hisoblanadi.
Yevropa turistik sohalari ekspertlari fikriga ko‘ra, ushbu yengillashtirishlar tufayli O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni bir necha barobar o‘sishi kutilmoqda.
“O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida sayyohlik durdonasi bo‘lgan O‘zbekistonga burokratik jarayonlar turitstlar o‘sishiga xalal berayotgan edi. Ushbu to‘siqlarni olib tashlash sayyohlar va teroperatorlar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi”, — deydi Pinneaple Tours kompaniyasi vakili Valter Xofer.
“2017 yilda O‘zbekistonga borishni orzu qilayotgan sayyohlar soni 1,5 baravar o‘sdi. Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra ushbu raqamlar yanvar-fevral oylarida yana 1,5 baravariga o‘sishi mumkin, chunki aynan o‘sha oylarda ko‘plab turistlar sayohat haqida qaror qabo‘l qilishadi”, dedi Albatros Tours kompaniyasi vakili Yurgen Shnayder.
“Impulsiv xarakterga ega bo‘lgan fransuzlar, odatda, eng so‘ngii damda, sayohat haqida qaror qabul qilishadi. Vizalar bekor qilingani bunga yaxshi imkoniyat yaratadi”, — dedi Consult Voyages vakili Monki Benayke.