Cho‘g‘lanma lampochkalar sotish 1-yanvardan ta’qiqlanadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda taxminan 100-yil oldin paydo bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkalarning yoritish samaradorligi juda kam ( 5 %) bo‘lib, bunday lampalar asosiy elektr quvvatini (95%) issiqlik energiyasiga aylantiradi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab quvvati 40 vattdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkalar sotish ta’qiqlanadi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.

Bu haqida 2015-yilning 20-oktabrida qabul qilingan “Energiya ehtiyot qiluvchi chiroqlar ishlab chiqarishni kengaytirish haqidagi” hukumat qarorida aytib o‘tilgan.

Faqat ayrim o‘quv, tibbiyot va boshqa maxsus uskunalarda texnik sabablarga ko‘ra cho‘g‘lanma lampochkalar ishlatilishi majburiy bo‘lgan hollarda ulardan foydalnishga ruxsat beriladi. 

Yangicha yoritish uskunasi sifatida O‘zbekistonda energiya ehtiyot qiluvchi lampochkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Rejaga ko‘ra respulikada 2019-yilga qadar bunday lampochkalar ishlab chiqarish hajmi 15,7 million donaga yetkiziladi. Bugung 6,6 millionta energiya tejovchi lampochkalar ishlab chiqarilmoqda.   

Svetodiodli chiroqlar sexi. - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda energiya ehtiyot qiluvchi chiroqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda taxminan 100-yil oldin paydo bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkalarning yoritish samaradorligi juda kam (5 %) bo‘lib, bunday lampalar asosiy elektr quvvatini (95%) issiqlik energiyasiga aylantiradi.

Yoritish maqsadida energiya tejovchi lyuminissent yoki svetodiodli lampalardan foydalanish – cho‘g‘lanma lampalarga qaraganda besh-o‘n marta samaraliroq.

Qabul qilingan ushbu choralar natijasida,  respublika miqyosida umumiy elektr energiyasi ta’minoti 40-50%ga kamayishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0