Toshkent, 13 avg – Sputnik. Jizzaxda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ochilgan “Yorqin chiroqlar” nomli energiya ehtiyot qiluvchi chiroqlar ishlab chiqarish korxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi deb xabar berdi “O‘zbekenergo” matbuot xizmati.
Ushbu loyhani amalga oshirishda jami 2,5 million sarflandi. Zavod hududida yangi asbob uskunalar o‘rnatilgan va mahsulot ishlab chiqarish tizimi to‘la tayor.
O‘tgan yil O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe, energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida, “O‘zbekenergo” va Owell energetik korxonalari hamkorligi haqida memorandumga qo‘l qo‘yishgandi.
2013 yilda Prezident, investitsiyalar jalb qilishga qulay sharoit yaratish uchun, “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish haqidagi karorga qo‘l qo‘ygan edi. Ushbu chora shaharning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘l ochib berdi.