TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bortida Oksana Chusovitina bo‘lgan samolyot portlash xavfi tufayli qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
"Parvoz vaqtida samolyotga portlovchi modda qo‘yilgani haqida xabar berildi, – deydi gimnastikachi. – Biz endigina Nyu-York shahri ustidan uchib o‘tgandik, bu xabardan 10 daqiqa o‘tgach, samolyot orqaga qaytib, Nyu-Yorkka qo‘ndi. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilinib, reys bekor qilindi. Endi ertaga uchish mumkinligi haqida ogohlantirildik".
Oksana Chusovitina yetti marotaba Olimpiada musobaqalarida ishtirok etib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan yagona sportchi hisoblanadi. U 2016-yilda Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan 56 kunlik Olimpiada musobaqalarida 41 yoshga to‘lganiga qaramay, ishtiroki bilan barchani hayratga soldi.