O‘zbekiston yosh shaxmatchilari sakkiz medal sohibi bo‘lishdi

© uzchess.uzShaxmat musobaqasi
Shaxmat musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sochida maktab o‘quvchilari jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov o‘n uch yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz partiyaning birontasida mag‘lubiyatga uchramadi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiyaning Sochi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishayotgani haqida xabar bergandik. Ular mazkur chempionatda 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Jahon chempionati doirasida tashkil etilgan blis – tezkor shaxmat musobaqasida medallarga sazovor bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyevlar standart shaxmat bo‘yicha bahslarda ham sovrindorlar qatoridan joy oldilar.

Shaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahonda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishmoqda

Nodirbek Abdusattorov o‘n uch yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz partiyaning birontasida mag‘lubiyatga uchramadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Nodirbek Yoqubboyev esa o‘n besh yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Yetti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda Afro‘za Hamdamova 7,5 ochko bilan oltin, Odina Olimova 6,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida Humoyun Begmurodov to‘qqiz partiyaning yettitasida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘n bir yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘arib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0