O‘zbekiston va Ukraina orasida savdo-sotiq kamaymoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishKiyev
Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamayish asosan Ukraina eksportida sezilmoqda, O‘zbekistondan olib kelinayotgan tovarlar hajmi bor yo‘g‘i 3-7 %ga kamaygan xolos.

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ushbu yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston va Ukraina orasida savdo-sotiq hajmi o‘tgan yilning ushbu davriga qaraganda 20%ga kamayib, 180 mln $ni tashkil qildi. Bu haqida Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi xabar qilmoqda.

AeroSvit - Ukraina aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina "Toshkent – Kiyev" aviaqatnovini qayta tiklash tarafdori

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich asosan Ukraina eksporti hisobiga qisqargan, O‘zbekiston eksporti hajmi esa – bor-yo‘g‘i 3-7 %ga kamaygan xolos.

Mamlakatlar orasida savdo-sotiq hajmi kamayishi o‘tgan yildan beri kuzatilmoqda. 2015-yil yakunlariga qaraganda iqtisodiy aloqalar hajmi 40%ga kamaygan, 2016-yilning birinchi yarmida esa – 11 %ga. Ukraina hukumati tomonidan ushbu vaziyatni yaxshilashga urinishlar bo‘lishiga qaramasdan, kamayish davom etmoqda.

“Savdo-sotiq hajmi kamayishining asosiy sababi Ukraina tovarlarining Rossiya hududidan tranziti cheklangani va Donbassdagi mojaro bilan bog‘liq iqtisodiy krizis bo‘lmoqda. Ukraina Rossiya hududini chetlab o‘tib, Ozarbayjon va Qozog‘iston orqali mahsulot olib kirishga harakat qilmoqa. Lekin ushbu yo‘nalish hozircha qimmat va ko‘p vaqt talab qiladi”, — dedi elchixona xodimi.

Savdo-sotiqni qo‘llab quvvatlash maqsadida Ukraina Toshkent – Kiyev parvozlarini qayta tiklamoqchi va Kaspiy dengizi orqali mahsulotlar tranzitining narxini yanada raqobatbardosh qilmoqchi. Qulay yo‘nalish ochilganidan keyin Ukraina O‘zbekiston orqali O‘rta Osiyoning  boshqa mamlakatlariga ham mahsulotlar yetkizib berishi mumkin.

Ukraina eksportining asosiy yo‘nalishlari bu – kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika sanoati mahsulotlaridir. Ukrainaning O‘zbekistondan importi esa kimyo, yengil, metallurgiya va qishloq xo‘jaligi sanoati mahsulotlaridir.

Yangiliklar lentasi
0