Britaniyalik ekspert O‘zbekistonni fantastik diyor deb atadi

Obuna bo‘lish
Angliya OAVlarining yozishicha, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanishish uchun qulay fursat yetib keldi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Turizm bo‘yicha Buyuk britaniyalik aksariyat ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakat bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bunga 2017-yil aprelidan xorijlik turistlar uchun viza rejimining bekor qilinishi turtki bo‘ladi.

Angliya OAVlarining yozishicha, O‘zbekiston ko‘p sonli masjidlari, minora va madrasalari bilan boy tarix va madaniyatga ega bo‘lib, ular bilan tanishish uchun qulay fursat yetib keldi.

O‘zbekiston qator davlatlar sayyohlari uchun viza tartibini bekor qildi

"Endi viza olishdek uzoq va qimmat jarayon o‘rniga mamlakatga kelgandan keyin 50 dollar to‘lash kifoya bo‘ladi" — deydi Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Kris Ellis.

Uning aytishicha, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar va beqiyos arxitekturaga ega bo‘lgan mamlakatdir.

"Eng asosiysi, bu yerning xalqi mehmondo‘st, mehmon kelsa hamisha xursand bo‘lishadi va g‘arb sivilizatsiyasi chang solmagan aholi maskanlariga ega", — deydi Ellis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yaqinda 27 davlat fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0