TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiyaning “Uralximmash” zavodi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ga 1300 tonna turli uskunalar yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, zavod absorber, tozalanmagan gaz separatori, tozalangan gaz separatorlari, birlamchi separatorlar tayyorlab berishi lozim.
Umumiy hisobda, O‘zbekiston tomoni buyurtmasiga asosan “Uralximmash” zavodi umumiy og‘irligi 1300 tonnadan ortiq bo‘lgan 15 dona uskuna tayyorlaydi.
Uskunalar 2017-yil mayi oxiriga qadar yetkazib berilishi darkor.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi bilan tuzilgan shartnoma keyingi 20-yil ichida “Uralximmash” va o‘zbek korxonasi bilan tuzilgan eng yirik shartnoma hisoblanadi.