O‘zbekistonda "Rostselmash" kompaniyasi mahsulotlari yig‘iladi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishKombayn ACROS-530
Kombayn ACROS-530 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlarning rejasiga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqarilgan dastlabki qishloq xo‘jalik mashinalari bahorda O‘zbekiston dalalarida paydo bo‘ladi

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" aksiyadorlik jamiyati hududida Rostselmash korxonasining mahsulotlari yig‘iladi. Bu haqda “Rostselmash” kompaniyasi saytida xabar qilinmoqda.

"Rostselmash" va "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" AJ o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Mazkur hujjat orqali tomonlar “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” hududida “Rostselmash” mahsulotlarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Aleksandr Morozov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Toshkentga safar qildi

Shu tarzda Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksandr Morozovning oktabr oyida ishchi tashrifi bilan Toshkentda bo‘lishi doirasida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov bilan o‘tkazilgan muzokaralarda so‘z borgan loyihani amalga oshirish uchun dastlabki qadam tashlandi.

Ayni kunlarda "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" AJ bosh direktori Asadulla Saydullayev Rostov-Don shahriga tashrif buyurib, “Rostselmash” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Rostselmash vakili hozirda zarur hujjatlar borasidagi kelishuv va loyihani bosqichma-bosqich ishlab chiqish jarayoni borayotganini ma’lum qildi. Tomonlarning rejasiga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqarilgan dastlabki qishloq xo‘jalik mashinalari bahorda O‘zbekiston dalalarida paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0