O‘zbekistonda aholi tibbiy xizmat uchun qancha pul sarflashi o‘rganiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqotda qatnashganlar tibbiy xizmatlar uchun necha pul sarflashlari haqida ma’lum qilishadi

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda noyabr oyidan boshlab "Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy holati" deb nomlangan tadqiqot boshlanadi. Bu haqda "Uzbekistan Today" xabar bermoqda. Mazkur tadqiqot aholi salomatligi holati borasida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.

"Salomatlik-3" loyihasi doirasida mamlakatda ilk bor oilalarning tibbiy xizmatlar uchun qancha miqdorda pul xarajat qilishlari hamda qaysi tibbiy xizmatlardan ko‘p foydalanishlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkaziladi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi.

Tadqiqot Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida tuzilgan so‘rovnoma asosida mahallalar aholisi orasida o‘tkaziladi.

Tibbiyot xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari maoshiga noyabrdan boshlab ustama qo‘shiladi

Tadqiqot davomida uydan eng yaqin tibbiyot muassasigacha bo‘lgan masofa, oila qaysi tibbiy muassasa xizmatlaridan ko‘p foydalanishi (qishloq vrachlik punkti, kasalxona, davlat yoki xususiy tibbiyot muassasasi) kabi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tadqiqot ishtirokchilari oila a’zolari so‘nggi vaqtda necha bor shifokorga murojaat qilishgani yoki kasalxonaga yotqizilgani haqidagi savollarga javob berishadi. Bundan tashqari, tadqiqotda qatnashganlar tibbiy xizmatlar uchun necha pul sarflashlari haqida ham ma’lum qilishadi.

Tadqiqot sog‘liqni saqlash tizimidagi eng og‘riqli muammolarni aniqlashga yordam beradi hamda keng tarqalgan kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatib beradi.

Yangiliklar lentasi
0