G‘arbiy Qozog‘istonda 100dan ortiq voyaga yetmagan qizlar homiladorligi aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishOna va bola
Ona va bola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik Qozog‘iston nashri xabariga ko‘ra, g‘arbiy Qozog‘iston viloyatida balog‘at yoshiga yetmagan 60 nafar qiz bola tuqqan, qolganlari esa turli sabablarga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishgan

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida yil boshidan buyon 100dan ziyod voyaga yetmagan qizlar homiladorlik bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tug‘ruqxonadagi bola. - Sputnik O‘zbekiston
Ginekolog: qirg‘iz ayollari kontratsepsiya o‘rniga abortni ma’qul ko‘rishadi!
"G‘arbiy Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon 15-18 yoshda bo‘lgan 117 nafar qiz homiladorlik bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Ularning 60 nafari bolali bo‘lgan, 10 nafari esa tibbiy ko‘rsatma yoki o‘z xohishiga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatgan", — deyilgan Sputnik Qozog‘iston nashri tomonidan tarqatilgan xabarda.

Nashr, shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi voyaga yetmaganlar o‘rtasida barvaqt homilador bo‘lish holati oldingi yildagiga nisbatan kamayganmi-yo‘qmi, aniqlik kiritmagani haqida yozgan.

G‘arbiy Qozog‘iston hokimiyati matbuot-xizmati esa, ayni paytda mutasaddi davlat tashkilotlari aholi o‘rtasida turli aksiya va tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, tushuntirish tadbirlari qay tarzda olib borilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0