O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi

© Foto : SuperBus.comAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev Janubiy Qozog‘iston viloyatida o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-anjumanida aytib o‘tgan

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Samarqand-Chimkent-Turkiston va Chordara-Yettisoy-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha avtobus aloqasini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qilgan kun.uz nashri.

"Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev Janubiy Qozog‘iston viloyatida o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-anjumanida aytib o‘tdi. Utembayev shuningdek qozoq-o‘zbek agrosanoat hududini qurishni hamda nafaqat Toshkent bilan hamkorlik qilishni, balki O‘zbekistonning barcha hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif qildi", — deyiladi xabarda.

"Ikki davlat iqlimi o‘xshashligi tufayli viloyatda sabzavotchilikni rivojlantirish mumkin. Sayyohlik sohasini rivojlantirish maqsadida biz Buyuk ipak yo‘lini tiklashimiz lozim. Bu yo‘nalishda bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda va hududlararo avtobus reyslarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda", deb ta’kidlagan diplomat.

Qozog‘istonning "Xabar" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasini 3 barobarga oshirib, 1,5 trln tangagacha yetkazish mo‘ljallanmoqda. Bu natijaga, jumladan 10 ta qo‘shma korxona yaratish bilan erishilmoqchi.

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonlashdi
"O‘zbekistonlik investorlar qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik, mashinasozlik sohalariga sarmoya kiritishga va Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi sanoat va maxsus iqtisodiy zonalarda o‘z bizneslarini qurishga tayyorlar. Mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qiladilar. Shuningdek, qo‘shma korxonalar ishtirokchilarining chegaralarni kesib o‘tishi jarayonini soddalashtirish, ekspert kengashi yaratish va hududlararo avtobus reyslarini yo‘lga qo‘yishga qaror qilingan", deb ma’lum qilgan telekanal.

Ta’kidlash joizki, 2015-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,67 mlrd dollarga yetgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘istonga gaz, paxta tolasi, kimoviy mahsulotlar, o‘g‘itlar va sabzavotlar eksport qiladi.

Yangiliklar lentasi
0