TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Namanganda joylashgan yerto‘lada bedarak yo‘qolgan bolalar yashayotgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri "Postda" gazetasiga tayangan holda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Qo‘qon shahri, Chust, Pop, Andijon va Guliston tumanidan bo‘lgan 13-14 yashar bedarak yo‘qolgan bolalar Namangandagi qurilishi bitmagan uy yerto‘lasida yashab yurishgani ma’lum bo‘lgan. Ma’lumotga ko‘ra, ular yerto‘lada 6-7 oy davomida yashab kelishgan.
"Namangan viloyati IIB kapitani D. Xudoyberdiyevning aytishicha, so‘nggi paytlarda boshqa viloyatlardan kelib qolgan voyaga yetmaganlar ko‘paygan, ular tilanchilik va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib, tunlari yerto‘la va xiyobonlardan panoh topmoqda.
Joriy yil davomida birgina Namangan shahridagi yerto‘lalardan 400 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismini voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi", — deb ta’kidlangan xabarda.