TOShKENT, 9 dek — Sputnik, Aleksandr Shishlo. AQSh bundan buyog‘iga Yevropa xavfsizligini ta’minlashga tayyor emas, deb ta’kidlagan juma kuni Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.
"Mening fikrimcha, bundan buyog‘iga o‘z xavfsizligimiz to‘g‘risida o‘zimiz qayg‘urishimiz darkor, chunki AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp va uning hamkasblaridan qat’iy nazar, AQSh bundan buyog‘iga bizning xavfsizligimizni ta’minlashga tayyor emas. Shu sababdan ham bu ish bilan o‘zimiz shug‘ullanganimiz ma’qul", — deb bayonot qilgan Yunker Maastrixtda chiqishi davomida.
Ilgariroq Yevrokomissiya raisi Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar odatiydan ko‘ra yaqinroq bo‘lishi kerak ekanligini, chunki Yevropa xavfsizlik tuzilmasini Rossiya ishtirokisiz qura olmasligini aytib o‘tgan edi.
O‘z navbatida, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg barcha yevropaliklarni "AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp NATo oldidagi majburiyatlarini albatta bajarishiga" ishontirgan edi. "Tramp Yevropa xavfsizligini ham ta’minlaydi, albatta" deya qo‘shimcha qilgan edi Stoltenberg.