Ukraina tovarlari O‘zbekistonga butunlay kelmay qolishi mumkin

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBojxona postidagi yuk mashinalari
Bojxona postidagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, Rossiya hududi orqali O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga o‘tayotgan Ukraina tovarlari faqatgina Belorussiya hududidan, muhrlangan konteynerlarda, GLONASS navigatsiya tizimi o‘rnatilgan transport vositalarida amalga oshirilishi mumkin.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Ukraina tovarlarining O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga Rossiya orqali tranziti faqatgina Belorussiya hududidan, GLONASS navigatsiya tizimi o‘rnatilgan avtomobillarda amalga oshirilishi mumkin, deyilgan Rossiya prezidentining yangi qarorida.

2016 yil 1-yanvardan boshlab Ukraina va Rossiya orasida Erkin Savdo Zonasi haqidagi shartnoma tugatilishi munosobati bilan, Ukraina tovarlarining Rossiya hududi orqali avtomobil va temir yo‘l transporti orqali tranziti tartibiga o‘zgarish kiritiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, Rossiya hududi orqali O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga o‘tayotgan Ukraina tovarlari, faqatgina Belorussiya hududi orqali, muhrlangan konteynerlarda, GLONASS navigatsiya tizimi o‘rnatilgan transport vositalarida amalga oshirilishi mumkin. Transport haydovchilari maxsus hisob talonlariga ega bo‘lishlari kerak.

2015 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan Erkin savdo zonasi haqidagi shartnoma tugatilishi haqida qaror qabul qildi. Bundan buyon Ukraina va Rossiya orasidagi iqtisoiy aloqalar jiddiy qiyinchilik bilan amalga oshiriladi, faqatgina gaz eksporti sohasi bundan mustasno.

Bundan oldin Ukraina rahbariyati ham, yangi qoidalar amlaga kirsa, Ukraina tovarari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududiga umuman yetib bora olmay qolishi mumkinligi haqida o‘z xavotirini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0