Koreyada ishlash uchun testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar hujjatlarini topshirishlari so‘raldi

© AFP 2023 / STRJanubiy koreyadagi Hyundai zavodi
Janubiy koreyadagi  Hyundai zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik hujjatlar to‘plamini yig‘ish va qabul qilish to‘lovsiz (bepul, tekinga) amalga oshirilishini bildiradi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyada ishlash uchun koreys tili bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan hujjatlarini taqdim qilishlarini so‘rab e’lon berdi.

"Koreya RespublikasiningBandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha 2016-yil 16-24 avgust (kompyuter) va 15-16 oktabr kunlari koreys tili bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar diqqatiga! Nomzodlarning hujjatlarini tartibli qabul qilish maqsadida ro‘yxatda nomlari ko‘rsatilgan fuqarolar 2016-yilning 12-dekabr kuni ro‘yxat bo‘yicha tegishli hujjatlarni jadvalda belgilangan vaqtda ko‘rsatilgan manzillarga taqdim qilishlari talab etiladi", deyiladi e’londa.

Janubiy Koreya respublikasi milliy bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan hamkorlikni muhokama qildi

Mazkur fuqarolar 2 dona sifatli rangli pasport nusxasi (bundapasportning amal qilish muddati 1-yildan kam bo‘lmasligi lozim – 20.01.2018 yildan kam bo‘lmagan), 4 dona fotosurat, 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma hamda zaruriyat tug‘ilganda nomzod bilanbog‘lanish uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida unga yaqin bo‘lgan inson to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishlari so‘raladi.

Kech qolgan yoki kelmagan nomzodlar shaxsan o‘zlari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan kelishlari eslatib o‘tilgan.

Agentlik hujjatlar to‘plamini yig‘ish va qabul qilish to‘lovsiz (bepul, tekinga) amalga oshirilishini bildirib, pul talab qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotni agentlikning 0(371) 214-30-76 va 214-54-36 telefon raqamlariga ma’lum qilishni so‘ragan.

E’londa shuningdek, koreys tili bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning hujjatlarini tartibli yig‘ib olinishini tashkillashtirish bo‘yicha jadval berilgan bo‘lib, unda hujjatlarni qabul qilish sanasi va manzili ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0