TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy ham o‘z tabrik matubini yo‘llagan.
"O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga!
Siz Prezident lavozimida faoliyat ko‘rsatadigan yangi davrda birgalikdagi harakatlarimiz sharofati bilan ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz o‘zaro manfaatdorligi asosida oldingidan ko‘ra ko‘proq, kun sayin rivojlanishi hamda mintaqaviy va xalqaro tinchlik, xavfsizlik mustahkamlanishining shohidi bo‘lamiz, deb umid qilaman.
Xudovandi karimdan Siz Janobi Oliylariga sog‘lik-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston hukumati, birodar va do‘st xalqiga tinchlik va farovon hayot tilab qolaman.
Hasan Ruhoniy, Eron Islom Respublikasi Prezidenti".