Aleppoda rossiyalik polkovnik o‘ldirildi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishAleppo
Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleppo kvartallari uchun bo‘lgan janglardan birida polkovnik Ruslan Galiskiy og‘ir yaralanib hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiyalik harbiy maslahatchi Ruslan Galiskiy Aleppo kvartallaridan biri uchun bo‘lgan jangda og‘ir yaralanib vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

SPUTNIK_V Aleppo boyeviki obstrelyali gospital Minoboroni RF. Syemka ochevidsev - Sputnik O‘zbekiston
Aleppoda Rossiya gospitaliga hujum uyushtirildi

Muassasa xabariga ko‘ra, harbiy shifokorlar zobit hayoti uchun bir necha kun davomida kurash olib borishgan, lekin uni qutqarishga muvaffaq bo‘la olishmagan. Galiskiy Suriyada harbiy maslahatchilar guruhi tarkibida xizmat qilgan.

Ushbu hafta Aleppoda jangarilar harbiy gospitalga hujum qilgani, hujumda ikki harbiy shifokor qurbon bo‘lgani va yana bir kishi jarohatlanganini xabar bergan edik.

Gospitalga uyushtirilgan hujum vaqtida shifokorlar qabulida bo‘lgan mahalliy aholi vakillari ham jarohatlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu hujumni oldindan tayyorlangan sovuqqon qotillik deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0