TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Dushanba kuni jangarilar Suriyaning Aleppo shahrida joylashgan ko‘chma gostipalga hujum uyushtirishdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Hujumda ikki rossiyalik tibbiyot xodimi qurbon bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi, ular orasida arab telekanali jurnalisti Somar Abudiyab ham bor.
“Moskvada “muxolifat” rossiyaning Aleppodagi ushbu gospitali koordinatalarini kimdan olganini yaxshi tushunishadi”, dedi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
“Bizning harbiylar qoni – ushbu qotillikni buyurtma berganlar qo‘lida. Inson qiyofasidagi ushbu hayvonlarni tarbiyalab, qo‘liga qurol berib, ularni “muxolifat” deb ataganlar qo‘lida. Ha-ha, sizlarning qo‘lingizda — terrorchilarni himoya qilayotgan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakalatik janoblar”, - deb urg‘u berdi Konashenkov.
Rossiya Mudofaa vazirligining ushbu ko‘chma gospitali Alepponing yaqinda terrorchilardan ozod qilingan hududlar aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatib kelayotgan edi. Gospitilning asosiy bemorlari yosh bolalar bo‘lib, bu yerda ginekologiya, bolalar xirurgiya bo‘limi, rentgen-kabinet va laboratoriya faoliyat yuritayotgan edi.