2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi yilga nom berdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

O‘zbekistonda saylovlardan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
O‘ho‘! So‘nggi 7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 5 xabar
Xabarda ta’kidlanishicha, 7-dekabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etgan.

O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali yig‘ilishda  ma’ruza qilar ekan, kirib kelayotgan yangi — 2017-yilni O‘zbekistonda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilishni taklif etgan.

Prezidentining ushbu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olingan.

Yangiliklar lentasi
0