Retseptsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati kengaytirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDorilar sotiladigan do‘kon
Dorilar sotiladigan do‘kon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan yangi ro‘yxatga 1225ta dori vositalari kiritildi, bu oldingiga nisbatan 56 taga ko‘p.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov aptekalarda retseptsiz sotib olish mumkin bo‘lgan dorilarning yangi ro‘yxatini tasdiqladi, muassasa sayti xabarga asosan.

Yangi ro‘yxatga 1225ta dori vositasi kiritilgan bo‘lib, ulardan 192tasi — monopreparatlar,  1033tasi — kompleks preparatlardir.

Ushbu ro‘yxatda oldingi ro‘yxatga nisbatan qo‘shimcha 56ta dori kiritilgan. Vazir tomonidan imzolangan buyruq bugundan boshlab kuchga kirdi.

Retseptsiz sotish mumkikn bo‘lgan dori vositalarining batafsil ro‘yxati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi sahifasida tanishishingiz mumkin.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda dori vositalari ustiga qo‘yib sotiladigan ustamalar maksimal qiymatini cheklovchi qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunga ko‘ra, 2017-yildan boshlab ulgurji savdoda dori vositalari ustiga eng katta ustama 15% qo‘yilishi mumkinligi, chakana savdoda esa — 20% qo‘yilishi mumkinliga aytib o‘tilgan.

Undan tashqari 1-yanvardan boshlab 167 ta ijtimoiy muhim bo‘lgan dori vositalari va eng ko‘p ishlatiladigan 22ta tibbiyot mollarinini faqat belgilangan narxda sotish haqidagi qaror ham kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0