Yevroparlament deputati saylov haqida: "Hammasi puxta o‘ylangan"

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident saylovi
Prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatni saylov uchastkalarida tashkil etilgan bolalar va shifokorlar xonalari hayron qoldirdi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Maltalik Yevroparlament deputati Mariya Missi O‘zbekiston Prezidenti saylovida qonun buzilishlari yuz bermaganini bildirdi va mahalliy saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan hayratda ekanligini aytdi.

O‘zbekistonda Prezident saylovi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Deputatning aytishicha, u saylovlarni kuzatish uchun hech qanday missiya tarkibida emas, balki o‘z shaxsiy tashabbusi bilan kelgan. 

"Men sakkizta saylov uchastkasida bo‘ldim, komissiya xodimlari va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdim. Aytishim mumkinki, hamma narsa to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Tashkiliy ishlar a’lo darajada, saylov qo‘mitasi a’zolari chin dildan hamkorlik qilishdi, tanqidga asos yo‘q", — dedi Missi RIA Novostiga bergan intervyusida.

Federatsiya Kengashi a’zosi Sergey Lisovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik senator: biz ushbu saylovdan o‘rnak olishimiz mumkin

U saylov uchastkalarida saylovchilarning farzandlari uchun tashkil etilgan bolalar va shifokorlar xonalaridan hayratda ekanligini bildirdi. "Hammasi puxta o‘ylangan", — deydi yevrodeputat.

"Meni hayron qoldirgan yana bir narsa uchastkalarda partiya kuzatuvchilarining saylovni kuzatishlari bo‘ldi. Gap shundaki, Maltada kuzatuvchilar uchastkadan tashqarida 50 metr narida bo‘lishlari lozim. Lekin ular hatto saylov kuni ham tashviqot o‘tkazishlari mumkin… To‘g‘ri, har bir davlatning, hattoki YeIdagi davlatlarning ham o‘z saylov qonunchiligi mavjud. Asosiysi, qonunlarga rioya qilinishi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0