Rossiyalik senator: biz ushbu saylovdan o‘rnak olishimiz mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFederatsiya Kengashi a’zosi Sergey Lisovskiy
Federatsiya Kengashi a’zosi Sergey Lisovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik senator Sergey Lisovskiy O‘zbekstondagi saylovni kuzatib borarkan, hech qanday qonunbuzarliklar bo‘lmayotganini, saylovlar juda yaxshi va ochiq tashkil qilinganini ta’kidladi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovi yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lib ochiqlik va xayrixoxlik ruhida o‘tmoqda, fuqarolar saylov uchastkalariga butun oilalari bilan kelmoqdalar, dedi RIA Novosti muxbiriga, O‘zbekiston prezidenti saylovi kuzatuvchisi rossiyalik senator Sergey Lisovskiy.

"Qoidabuzarlik yo‘q, hamma narsa juda yaxshi va ochiq tashkil qilingan, biz ushbu saylovdan o‘rnak olishimiz mumkin", — dedi parlament a’zosi.

Uning so‘zlariga qaraganda, soat 15:00 da saylovchilarning 67% ovoz berib bo‘lgan edi. Saylov natijalari qonuniy tan olinishi uchun kerak bo‘lgan ovoz miqdori — 33%  mahalliy vaqt bilan soat 11:00da to‘plangan edi.

Leonid Sluskiy - Sputnik O‘zbekiston
Sluskiy: O‘zbekistondagi saylovlar odamlarga juda qulay tashkillashtirilgan

"Saylov fuqarolarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular saylov uchastkalariga butun oilalari bilan kelmoqdalar. Bir necha uchastkalarda bolalar xonalari tashkil qilingan bo‘lib, u yerda ota-onalari ovoz berguniga qadar, bolalar uynab turishi mumkin",  - dedi senator.

Ayni damda O‘zbekiston prezidenti saylovida  72% saylovchilar ovoz berib bo‘ldi. Lisovskiyning so‘zlariga qaraganda imkoniyati cheklangan fuqarolarga katta e’tibor berilgan. Binolarga kirish  joylari maxsus panduslar va saylov uchastkalari maxsus kabinkalar bilan  jihozlangan.

Senatorning so‘zlariga qaraganda, saylov davomida hech qanday qonunbuzarliklar kuzatilmagan, barcha nomzodlarni targ‘ib qiluvchi plakatlar saylovdan oldin yechib olingan edi.

Saylovni 44 mamlakat hamda MDH, KXShT, ShHT, IHT va Xalqaro saylov organlari tashkilotidan kelgan 500dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0