Nyu-yorkliklar Melaniya Trampni shahardan chiqarib yubormoqchi

© RIA NovostiAQShning yangi saylangan prezidenti - Donald Trampning rafiqasi Melanya
AQShning yangi saylangan prezidenti - Donald Trampning rafiqasi Melanya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuz mingga yaqin nyu-yorkliklar Donald Tramp qasamod qilgach, uning rafiqasi Melaniya - Nyu-Yorkni tark etishini talab qilib, petitsiya imzolashdi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. "Melanya Tramp turmush o‘rtog‘ining inauguratsiyasidan keyin Nyu-Yorkni tark etsin!". Nyu-Yorkning 100 mingga yaqin aholisi aynan shunday talab bilan petitsiya imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ilgariroq, Tramp va uning oilasini qo‘riqlash Nyu-York hukumatiga salkam 1 million $ga tushayotgani xabar qilingan edi. "Tramp Oq uyga ko‘chib borgach ham bu harajatlar kamaymasligi mumkin, — deb yozadi nashr. — Negaki siyosatchining rafiqasi va ularning 10 yashar o‘g‘illari Berron o‘quv yilining oxiriga qadar Manxettenda joylashgan Trump Tower pentxausida qolishmoqchi". Donald Trampning o‘zi esa ularni vaqti-vaqti bilan ziyorat qilishini bildirgan.

Donald Tramp, o‘g‘li Barron va rafiqasi Melanya - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Tramp va uning oilasini qo‘riqlash uchun kuniga 1 mln $ sarflanmoqda
Melaniyaning Nyu-Yorkda qolish istagi jamoatchilikda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Va shahar aholisi darhol shtat gubernatori Endryu Kuomo hamda shahar meri Bill De Blazio nomiga murojaat xati — petitsiyani imzolashni boshlab yuborishdi. Ular hukumatdan Tramp Oq uyga ketgach, uni qo‘riqlashga ketadigan mablag‘larni to‘lashdan to‘xtatishga chaqirishmoqda.

"Agar bu qaror er-xotin Tramplar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, ularning o‘zlari bu sarf-harajatlarni qoplashlari lozim. Aslom nyu-Yorklik soliq to‘lovchilar emas. Axir bizlarning mablag‘larimiz ko‘chalar, maktablar, transport, sanitariya, yangi ish o‘rinlari va shaharning boshqa sarf-harajatlarga yo‘naltiriladi", — deb ta’kidlashgan imzo chekuvchilar petitsiyada.

Nashrda yozilishicha, Tramp o‘z maslahatchilari bilan bir haftada necha kunni Oq Uyda o‘tkazishi lozimligi borasida fikrlashgan. Ta’kidlanishicha, saylovoldi kampaniyasi vaqtida ham Tramp "ertalab o‘z karavotida uyg‘onish imkoniga ega bo‘lish uchun" Nyu-Yorkka kech oqshom tushganda uchib kelib turgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik vakolatini kelgusi yilning 20-yanvarida qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0