TOShKENT, 22 noya — Sputnik. CNN telekanali xabariga ko‘ra, Tramp va uning oilasini qo‘riqlash uchun Nyu-York shahri hukumati kuniga bir million dollardan ziyod mablag‘ sarflamoqda.
Xabarga ko‘ra, Trampning to‘ng‘ich farzandlari va nabiralari ham ayni vaqtda AQSh Mahfiy xizmati tomonidan qo‘riqlanmoqda. Kundalik harajatlarga bular ham kiritilgan, deb ta’kidlagan Nyu-York politsiyasi vakili Jon Miller.
Nyu-York meri Bill De Blazioning so‘zlariga ko‘ra, shaharga tez kunda prezident oilasini qo‘riqlash uchun moliyaviy yordam kerak bo‘lishi mumkin.
Merning so‘zlariga ko‘ra, shahar hukumati tez orada federal hukumatga murojaat etib, Nyu-York politsiyasiga ketayotgan harajatlarning bir qismini undirib berishni iltimos qiladi.
Nyu-York hukumati vakillarining ta’kidlariga ko‘ra, AQShning yangi saylangan prezidenti mamlakatning eng yirik va eng odam gavjum shaharlaridan birida istiqomat qilayotgani uchun ularni qo‘riqlashga millionlab dollar sarflanmoqda.