TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistondagi Prezident saylovlari o‘ta yuqori darajada tashkil etilgan, dedi saylovlarda Rossiya davlat dumasi delegatsiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilayotgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Sluskiy Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.
Uning fikricha, O‘zbekistondagi saylovlar odamlarga juda qulay tashkillashtirilgan, yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan va saylov qonunchiligi hech bir buzilishlarsiz o‘tmoqda.
"Odatda sobiq sovet makonidagi mamlakatlardagi saylovlarga tanqidiy yondashadigan saylov missiyalaridagi hamkasblarimiz mazkur saylov o‘tkazilishida hamda uni baholashda ushoqdek ham kamchilik topa olishmaydi, deb o‘ylayman", — qo‘shib qo‘ydi u.
Bugun soat 6.00da boshlangan Prezident saylovi saylovchilarning 33%i ovoz berib bo‘lishgani bois bo‘lib o‘tdi deb hisoblandi. MSKning ma’lumotiga ko‘ra, soat 13.00 holatiga saylovda saylovchilar umumiy sonining 55%i (20 million 428 ming 891 kishi) ovoz berib bo‘ldi.
Saylovchilarning yuqori darajadagi ishtiroki ko‘zga tashlanmoqda, dedi Sluskiy.