TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi barcha jarayonlar qonunchilik va xalqaro tajribaga muvofiq holda o‘tmoqda, dedi XXR kuzatuvchilar missiyasi rahbari, Xitoyning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Gao Yuyshen. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
"Ovoz berish jarayonlari qonunchilik va xalqaro tajribaga muvofiq holda o‘tmoqda. Ovoz berish o‘ta yuqori professionallik va samaradorlik asosida tashkil etilgan", — dedi u jurnalistlarga.
Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Saylovda O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.