Churov: Saylov qonun buzilishlarsiz o‘tmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Prezidenti saylovi
O‘zbekiston Prezidenti saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Churovning so‘zlariga ko‘ra, u ikki kundan buyon Farg‘ona vodiysi shaharlari — Qo‘qon, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda faoliyat yuritmoqda

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Prezident saylovi juda yaxshi tashkillashtirilgan  va qonun buzilishlarsiz o‘tmoqda, dedi Rossiya MSK sobiq rahbari, Rossiya TIV alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Vladimir Churov RIA Novostiga.

Churovning so‘zlariga ko‘ra, u ikki kundan buyon Farg‘ona vodiysi shaharlari — Qo‘qon, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda faoliyat yuritmoqda.

"Hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgan, uchastkalar jihozlangan, saylovchilar uchun barcha kerakli ma’lumotlar mujassam. O‘z navbatida, saylovchilar ham juda faol, ayniqsa yoshlar", — dedi Churov.

Saylov - Sputnik O‘zbekiston
Saylov: bolalarga shirinlik, ayollarga gullar

"Saylov qonun buzilishlarsiz o‘tmoqda", — ta’kidladi u.

Churov shuningdek, O‘zbekistondagi saylovlarda uchinchi bor kuzatuvchi bo‘lib ishlayotganini, 2014-yilgi parlament va 2015-yilgi Prezident saylovlarida ham ishtirok etganini eslatib o‘tdi.

"Bu menga oldinga o‘sish bo‘layotganini kuzatish imkoniyatini berdi. Har bir saylov borgan sari yaxshi tashkillashtirilmoqda, ular har galgidan shaffof o‘tmoqda", — dedi TIV alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi.

Churov saylov yakunlari bo‘yicha batafsil hisobot tayyorlashini ma’lum qildi.

Bugun boshlangan Prezident saylovi MSK tomonidan bo‘lib o‘tgan deb hisoblandi. Chunki soat 11da saylovchilarning 33%dan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0