Saylov: bolalarga shirinlik, ayollarga gullar

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovSaylov
Saylov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har bir saylov uchastkasida dastlabki saylovchilarni kutib olishga ijodiy yondashildi. Masalan, bir saylov uchastkasida ayollarga gullar taqdim etildi, yana birida esa bolalarga shirinliklar ulashildi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun erta tongdan fuqarolar Prezident saylovida ovoz berishlari uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab saylov uchastkalari ochildi. Har bir saylov uchastkasida dastlabki saylovchilarni kutib olishga ijodiy yondashildi, deb yozadi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Masalan, bir saylov uchastkasida ayollarga gullar taqdim etildi, yana birida esa bolalarga shirinliklar ulashildi. Ayrim saylov uchastkalarida milliy kuylar ijro etildi.

Aksariyat toshkentliklar erta tongdanoq o‘z ovozlarini berishga qaror qildilar. Soat 9 bo‘lmasidan shahardagi ko‘plab uchastkalar ovoz beruvchilar bilan gavjum edi.

"Biz turmush o‘rtog‘im bilan ertalabda kelib ovoz berib, kun bo‘yi bo‘sh vaqtimiz ko‘p bo‘ladi deb kelgandik. Hammadan avval keldik deb o‘ylagandik, bizdan oldin kelganlar ham ko‘p ekan. Hech qanday muammo bo‘lmadi, saylov uchastkasi xodimlari o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishmoqda", — deydi Bektemir tumanida yashovchi Tatyana ismli ayol.

Saylov uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
MSK: Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi

O‘zbekistonda saylovlar o‘ziga xos oilaviy an’ana desa ham bo‘ladi. Ko‘plab uchastkalarda mamlakat hayoti uchun oddiy hol bo‘lib qolgan manzaraga ko‘zingiz tushishi mumkin edi. Ovoz berish uchun butun oila jamuljam holda: eng oldinda otaxonu onaxonlar, ularning ortidan esa farzandlarini yetaklagan ota-onalar keldilar. Toshkent viloyatidagi saylov uchastkalaridan birida 80 yoshli otaxon nevara-chevaralari qurshovida ovoz berdi.

Saylovchilarga ovoz berganlaridan so‘ng beriladigan "Biz ovoz berdik! Siz-chi?" yozuvi tushirilgan nishon ham o‘ziga xoslik kasb etdi.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0