Rossiyalik senator saylov jarayonida qonun buzilish bo‘lmaganini aytdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSaylov
Saylov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorning fikricha, mazkur saylovlarda O‘zbekiston o‘z barqarorligi uchun ovoz bermoqda

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan senator Muxarbek Didigov saylov kampaniyasida hech qanday qonun buzilish holatlarini ko‘rmaganligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Soat 10 holatiga saylovchilarning 25,49 foizi ovoz berdi

"Hech qanday qonun buzilish holatlari aniqlanmadi. Kuzatuvchilar bilan ham suhbatlashdim, ular ham hech qanday qonun buzilishi sodir bo‘lmaganligini qayd etishdi", — dedi senator jurnalistlarga.

U kampaniya davomida Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lganligini bildirdi. Uning fikricha, mazkur saylovlarda "O‘zbekiston o‘z barqarorligi uchun ovoz bermoqda".

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Saylovda O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0