TOShKENT, 4 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlandi. 19.00 holatiga ko‘ra, saylovchilar davomati 86,62%ni tashkil etdi.
Kimdir qaysi nomzodga ovoz berganini baralla aytdi, kimdir esa sir tutishni afzal bildi.
Albatta, estrada yulduzlarining saylov uchastkalariga tashrifi ham alohida tilga olindi. O‘z fuqarolik burchini ado etayotgan mashhurlar muxlislar qistovi bilan ma’lum vaqtlarini dastxat berishga sarfladilar.
Saylovda 100 yoshli onaxonlarimiz ham faol ishtirok etganini esa alohida hurmat ila tilga olish mumkin.
Misol uchun, Feysbukdagi Abdurahim Eshon ismli foydalanuvchi o‘zining 100 yoshli onasi Shavkat Mirziyoyevga ovoz bergani haqida yozgan. "Mehribonim, poyi Jannatim onajonim 100 yoshdalar. Nihoyatda qalblari to‘lib, xursand bo‘lib, shu kunlarga yetkazganiga shukronalar keltirib, Shavkat Mirziyoyevga ovoz berdilar", — deb yozib qoldirgan Abdurahim Eshon o‘zining Feysbukdagi sahifasida.