TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Avtohalokat Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent teleminorasi qarshisida, soat taxminan 21:00 atrofida sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Mashinani boshqarib kelayotgan 22 yoshli haydovchi esa voqea joyining o‘zida vafot etgan. U Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti talabasi ekani aytilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Lacettida haydovchidan tashqari boshqa yo‘lovchi ham bo‘lgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida xabar berilishicha, Lacetti yo‘lovchisi ham shifoxonada vafot etgan. Kecha piyodaning hayotini o‘z umri evaziga saqlab qolgan ikki yigitning dafn marosimi o‘tkazilgan.
Internet foydalanuvchilari yo‘l-transport hodisalari nafaqat haydovchining tezlikni oshirishi, balki mas’uliyatsiz piyodalarning yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqayotganini ta’kidlamoqda.