TATU talabasi dahshatli YTH oqibatida halok bo‘ldi

© Voditeli TashkentaToshkentda yuz bergan dahshatli avariya
Toshkentda yuz bergan dahshatli avariya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 dekabr kuni Toshkent shahrida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, hodisa natijasida haydovchi - TATU talabasi halok bo‘ldi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent markazida ro‘y bergan dahshatli avariya oqibatida TATU talabasi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Novosti Uzbekistana nashri.

Nashrdagi ma’lumotlarga qaraganda, avtohalokat Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent teleminorasi qarshisida, soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi piyodaning ehtiyotsizligi sabab kelib chiqqan. Yo‘l yuziga to‘satdan chiqib qolgan bee’tibor piyodani urib yubormaslik uchun Lacetti haydovchi avtomobil rulini boshqa tarafga burgan va yo‘l chetidagi daraxt bilan to‘qnashgan. Katta tezlikda kelayotgan avtomobil daraxtga kelib urilishi natijasida tanib bo‘lmas holatga kelib qolgan.

Mashinani boshqarib kelayotgan 22 yoshli haydovchi esa voqea joyining o‘zida vafot etgan. U Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti talabasi ekani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Lacettida haydovchidan tashqari boshqa yo‘lovchi ham bo‘lgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0