TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Ukraina rahbari Petr Poroshenko, "sobiq Ittifoq to shu kunga qadar ham o‘z faoliyatini to‘xtatgani yo‘q, u "odamlar ongida" yashamoqda, Kiyev esa uni "ko‘mish" uchun jang qilmoqda", — deya bayonot qilgan.
Poroshenkoga ko‘ra, Ukraina "sovet mustamlakasi" bo‘lishni istamagani uchun ham mustaqillikka erishgan.
Ukrainada 2015-yilning may oyidan boshlab "kommunistik va fashizm tuzumini qoralovchi" qonun amal qilib keladi.
Hujjat sovet davlat arboblari sharafiga atalgan shahar va ko‘chalar nomini qayta nomlashni nazarda tutadi. Ukraina Milliy xotira instituti yuqoridagi qonunga mos kelmaydigan 520 nafar tarixiy shaxslar ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lib, ularning nomlari jo‘g‘rofiy atamalardan butkul olib tashlanishi aytilgan edi.
Jumladan, Ukrainada Vladimir Leninga qo‘yilgan 1,2 ming haykallar yo‘q qilingan va mingga yaqin aholi yashash joylari qayta nomlangan.