Saudiya Arabistonida shahzoda qotillik uchun qatl qilindi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishAr-Riyod shahri, Saudiya Arabistoni
Ar-Riyod shahri, Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arabiston monarxiyasi tarixida birinchi bor qirollik oilasi vakili qatl qilindi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan seshanba kuni qirollik oilasi a’zolaridan biri — shahzoda Turki bin Saud al Kabirga nisbatan oliy jazo ijrosi amalga oshirildi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Shahzoda o‘z do‘stining o‘limida aybdor deb topilgan.

Misrning taxtdan ag‘darilgan prezidenti Muhammad Mursiy tarafdorlari - Sputnik O‘zbekiston
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uch yil avval Ar-Riyodda o‘tgan ziyofatlarning birida shahzoda o‘z do‘sti Odil al-Mxemidni otib o‘ldirgan, bundan tashqari yana bir kishini yaralagan. Shahzoda tomonidan amalga oshirilgan qotillik qirollikda katta shov-shuvlarni keltirib chiqargan.

Saudiya Arabistoni Oliy va Appelyatsiya sudlari tomonidan shahzodaga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi tasdiqlangan.

Jazoni ijro etish uchun podshoh qarori ham qabul qilingan.

Arabiston monarxiyasi tarixida ilk bor qirollik oilasi vakili qatl qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0