TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Saakashvili "Ukrainani qudratli davlatga aylantirish uchun" pul yig‘ishni boshlaganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘zi tomonidan Ukrainada tashkil qilingan partiyani rivojlantirish uchun mablag‘ to‘plashni boshlaganini e’lon qildi", — deyiladi xabarda.
Ilgariroq Saakashvili o‘z safdoshlari Ukraina regionlarida "Yangi kuchlar harakati" siyosiy partiyasini tashkil qilish bo‘yicha ish boshlayotganlari haqida e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili o‘z iste’fosi haqida joriy yilning 7-noyabrida e’lon qilgan edi.
Saakashvili ushbu qarorni Ukraina hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashishni istamasligi tufayli qabul qilganini e’lon qilgan. Bundan tashqari, siyosatchvi Potr Poroshenkoni regionda jinoiy "klan"larga "homiylik" qilishda ham ayblagan.
Oradan ko‘p o‘tmay Ukraina prezidenti Saakashvilining lavozimdan bo‘shatish haqidagi qarorga imzo chekdi. Sobiq gubernator Ukraina Radasiga muddatdan oldingi saylovlarni tashkil etib, mamlakatda o‘z siyosiy kuchini tashkil qilish niyatida ekanligini aytmoqda.