Saakashvili: Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishOdessaning sobiq gudernatori Mixail Saakashvili
Odessaning sobiq gudernatori Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mixail Saakashvili Ukraina tez orada dunyo xaritasidan yo‘q bo‘lib ketadi, deya bashorat qildi

TOShKENT. 15 noya — Sputnik. Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili "112 Ukraina" telekanali efirida "Shu ketishda boradigan bo‘lsa, Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketadi", deya ta’kidlagan.

Odessa viloyati ma’muriyati raisi Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Iste’foga chiqayotgan Saakashvilini Odessa aholisi shashlikbozlik bilan "kuzatapti"
Saakashvili, shuningdek, Yevropaning eng qashshoq mamlakati maqomigacha olib kelingan davlat tezkor islohotlarga va "yangi odamlarga" muhtojligini qo‘shimcha qilgan.

"Agar biz hukumatimiz bizga va’da qilayotgandek o‘sishda davom etsak, 15-yildan so‘ng Yanukovich davrida bo‘lgan davlat darajasiga yetib borishimiz mumkindir, balki. Lekin hammasi bugungi kundagidek davom etadigan bo‘lsa — biz mamlakat sifatida o‘z mavjudligimizni yo‘qotishimiz mumkin", — deb aytgan Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz, 7-noyabr kuni Mixali Saakashvili Odessa viloyati gubernatori lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi. Siyosatchi, shuningdek, Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoni jinoiy "klan"larga homiylik qilishda ayblagan edi.

Yangiliklar lentasi
0