TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bola “Qadimgi Misr afsonalari”ni o‘qimoqda. Otasidan so‘rabdi: “Dada, nima uchun qadimgi misrliklar g‘alabani ayol qiyofasida tasvirlashgan?”. “Uylanganingda bilasan”, — javob beribdi ota. Qozog‘iston prezidenti ayollar jamoatchiligini latifa aytib, kuldirgach, o‘z nutqini davom ettirdi.
Nazarboyev mustaqillikning barcha yillarida, aynan ayollar uning eng ishonchli ustuni bo‘lganliklarini aytdi.
Davlat rahbari Qozog‘istonning rivojlanishi va oyoqqa turishida ayollar roli beqiyos ekanligini ta’kidlab, ularga sog‘lik, muhabbat, oilaviy xotirjamlik va omad tiladi.