Ko‘chada havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan, VNDX bog‘ining Navro‘z tanatanalari o‘tkazilayotgan 75 chi paviloni ichida iliq, quyoshli muhit va haqiqiy bayram kayfiyati hukm surardi.
Kirishda mehmonlarni rus milliy ashula va raqs ansambli kutib oldi. Keng pavilon ichida o‘nlab mamalkatlar stendlari joylashgan edi. Ular orasida MDH mamalkatlaridan Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon stendlari, Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, chet el mamlakatlaridan Eron, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston bor edi.
Har bir mamlakat stendi o‘z-urf odatlariga xos, milliy bezaklar va amaliy san’at namunalari bilan bezagan bo‘lib, yana u yerda milliy taomlarni tatib ko‘rish mumkin edi.
Sahnada yangragan musiqa va qo‘shiqlar tomoshabinlar orsida xuchshchaqchaq kayfiyat va olqishlarga sazovor bo‘ldi. Quvnoq milliy musiqalar yangrashi bilan esa — tomoshabinlar orasida qizg‘in raqslar boshlanib ketardi.
Bayram tantanalari kech soat 20:00 ga qadar davom etdi. Ushbu kun barcha, millati, kelib chiqishi va diniga qaramasdan, o‘zini yagona katta va ahil oila a’zosi ekanligini his qildi. Navro‘z bu bahor va tabiat bayrami, ona tabiat oldida esa — har bir inson barobar.