Atambayev bir yildan so‘ng prezidentlikdan ketadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev roppa rosa bir yildan so‘ng prezidentlik lavozimini tark etishini va mamlakatda hukumat almashinuvi ro‘y berishini aytdi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Atambayev 2011-yilda Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan, uning vakolatlari muddati 2017-yilning oxirida tugaydi.

Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev kimni O‘zbekiston Prezidenti sifatida ko‘rishni istayotganini aytdi
"Bugun prezident bo‘lganimga olti yil to‘ldi. Vaqt shiddat bilan o‘tmoqda, malomat qilishga ne hojat, Qirg‘iziston fuqarolari bilan ko‘p narsalarni amalga oshirdik. Hozirda Qirg‘iziston tamoman o‘zgargan. Men bir yildan keyin o‘z lavozimimni tark etaman, 2-3 yildan so‘ng esa nimalarni amalga oshirganim ko‘zga ko‘rinadi", — deya bayonot qilgan Atambayev payshanba kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Atambayev xalq keyingi prezident sifatida kimni tanlashini bilmasligini qo‘shimcha qilgan. "Eng muhimi, birorta ham odam davlatni ortga bura olmasin. Ko‘rib turibsiz, mamlakat rahbarligiga da’vogarlar ko‘p, ularning soni hali yana ortadi. Meni quvontiradigan esa, mening davomchim yo‘qligi, bu degani, demak biz demokratik davlatni qura oldik… Mening fikrimcha, saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish kerak. Albatta, bu qonunchilikka to‘g‘ri kelsa. Menga tizimli ish olib boradigan siyosatchilar yoqadi. Men bir nechta nomzodlarni ham ko‘rapman, ammo hozir ularning ismlarini aytib o‘tirmayman", — degan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0