Qishloq joylarda yangi uylar qurilishiga 700 mln $ ajratildi

© Sputnik / StringerNamunali loyihalar asosida qurilgan uylar
Namunali loyihalar asosida qurilgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastur doirasida 2017-yilda umumiy maydoni million kvadrat metr bo‘lgan 15 mingta yangi uy va kvartiralar qurilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston 2017-yilda qishloq joylarida uy qurilishiga 690 mln dollar ajratadi, deyilgan prezident vazifasini bajaruvchi va bosh vazir Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda.

Ushbu dastur doirasida 2017-yilda umumiy maydoni millon kvadrat metr bo‘lgan 15 mingta yangi uy va kvartiralar qurilishi rejalashtirilgan.

“Loyihani moliyalashtirishga 2017-yilda 2 trillion so‘mdan ortiq (675 mln $) tijorat banklari mablag‘larini jalb qilish ko‘zda tutilgan”, — deyilgan qaror matnida.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, loyhida qatnashishni istagan tijorat banklar milliy valyutada 15-yillik kredit ochadi. Kreditlarga dastlabki 5-yil davomida yiliga 3%  imtiyozli stavka qo‘yiladi.

Mirziyoyev, 2018-2021 yillarda qurilishi mo‘ljallangan ushbu uylar uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish maqsadida, taaluqli vazirliklarga topshiriqlar berdi.

“2009-2016 yillar davomida O‘zbekistonda 1,308 ming turar joy massivlari qurib bitkazildi. Qishloq joylarida umumiy maydoni 9,5 million kvadrat metr bo‘lgan 69557ta yangi uy-joylar qurib bitkazildi, 83,5 ming qishloq aholisi o‘z turar joylarni yaxshilash imkoniga ega bo‘ldi”, — deyilgan hujjat ilovasida.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2012 —2015 yillarda umumiy qiymati 2,2 mln dollar bo‘lgan uy-joy qurilishi dasturini tasdiqlagan edi. To‘rt yil dvomida namunali loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 6 mln kvadrat metr bo‘lgan 40 mingdan ortiq uylar qurib bitkazildi. Shaxsiy turar joylar qurilishi bo‘yicha kreditlar 15-yil muddatga berilgan edi. Dastlabki besh yil imtiyozli bo‘lib ushbu davr mobaynida kreditlar foizi 7% ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0