TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 15-dekabr kuni Nyu-Yorkda o‘z farzandlari bilan birgalikda "muhim" matbuot-anjumanini o‘tkazishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Nashrda yozilishicha, siyosatchi bu haqda o‘zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Sal ilgariroq siyosatchining farzandlari — Ivanka, Erik va kichik Donaldlar Trampning o‘tish ma’muriyatiga kiritilishi haqida xabar berilgan edi. Aytish joizki, ular milliarderning prezidentlik kampaniyasida faol ishtirok etishgan bo‘lsa-da, birortasi ham Oq Uy ma’muriyatida rasmiy lavozimni egallash istagini ma’lum qilgani yo‘q.
Trampning yaqinlari so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti o‘z biznes-aktivlarini farzandlari qo‘liga topshirish niyatida. Ularning barchasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishadi.