"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Dushanbega ilk parvozni amalga oshirdi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 noyabr kuni Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi charter reysni amalga oshirdi. Bu xaqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Dushanbega ilk parvozni amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"30 noyabr kuni Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi charter reysni amalga oshirdi", — deyilgan xabar matnida.

Sal oldin Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzongani haqida xabar bergan edik.

Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklash masalasini hal qiladi
Tojikiston aviatsiya muassasasi rahbari Yusuf Rahmon RIA Novostiga "mazkur bazaviy hujjat asosida hukumatlararo kelishuv imzolanishi va aviaqatnovlar tiklanishini" aytdi. O‘z navbatida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi davlat nazorat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Oleg Li O‘zbekiston va Tojikiston aviarahbariyatlari o‘rtasida muammolar yo‘qligini, aviatashuvchilar reyslarni amalga oshirishga kirishishlari uchun asosiy huquqiy baza tayyorlanganini bildirdi.

U shuningdek, qaror qabul qilinishida Tojikiston tomonining rolini ham qayd etib o‘tdi. "Aynan Tojikiston aviarahbariyati tufayli biz bugun mana shunday o‘zaro manfaatli qarorga keldik. O‘zbekiston tomoni yanvardan Dushanbega parvozlarni amalga oshirishga tayyor", — dedi Li. Agentlikning ma’lum qilishicha, 2017-yil yanvardan boshlab Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviareysi haftada ikki marta "Somon-Eyr" va "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnov 1992-yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng to‘xtab qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0