Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklash masalasini hal qiladi

Obuna bo‘lish
Tashrif yakunlariga ko‘ra 2017-yilning birinchi yarmidan aviaparvozlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Chorshanba kuni Tojikiston poytaxtida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi ikki davlat transportchilari uchrashuvida muhokama qilinadi, deb xabar berdi RIA Novosti Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot kotibi Jamila Xuseynovaga asoslanib.

"Tarkibida "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi vakillari ham bo‘lgan O‘zbekiston transportchilari delegatsiyasi Dushanbe xalqaro aeroportining turli havo kemalarini qabul qilish va ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnov tashkil etishga tayyorligini ko‘rish maqsadida bu yerdagi barcha xizmatlar bilan tanishib chiqadi", — dedi u.

Tashrif yakunlariga ko‘ra aviaparvozlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklash arafasida

Ilgariroq Toshkent 2017-yilning birinchi yarmidan Dushanbe bilan aviaqatnovlar tiklanishi mumkinligini istisno qilmagandi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" rahbari Valeriy Tan O‘zbekiston 2017-yilning birinchi yarmidan Tojikiston bilan aviaqatnovlarni tiklashga tayyorligini bildirgandi.

Tanning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Dushanbe bilan aviaqatnovlarni tiklash uchun barcha imkoniyatlarga ega va mart oyidan boshlab tojik yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar yozgi qatnov jadvaliga kiritilishi mumkin. Noyabr o‘rtalarida turli vazirliklar, shuningdek transport vazirligi vakillari bo‘lgan Tojikiston delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurgandi.

Ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992-yilda, Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng to‘xtatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0