Baxtizin: Rossiya va Ozarboyjon OTMlari qo‘sh diplom dasturlarini rivojlantirmoqdalar

© UGNTUUfa davlat neft texnik universiteti rektori (UGNTU) Ramil Baxtizin
Ufa davlat neft texnik universiteti rektori (UGNTU) Ramil Baxtizin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlaridan universitetlarning integratsiyasiga qanday vositalar bilan erishiladi? U talaba va bitiruvchilarga qanday imtiyozlar beradi? Bu haqida RIA Novosti muxbiriga Rossiya va Ozarboyjon OTMlari Uyushmasi raisdoshi Ufa davlat neft texnikasi universiteti (UDNTU) rektori Ramil Baxtizin so‘zlab berdi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya va MDH mamlakatlari universitetlari o‘trasidagi hamkorligi bugungi kunda davlatlararo OTMlar uyushmasini tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga yangi sathga chiqmoqda.

MDH mamlakatlaridan universitetlarning integratsiyasiga qanday vositalar bilan erishiladi? U talaba va bitiruvchilarga qanday imtiyozlar beradi? Bu haqida RIA Novosti muxbiriga Rossiya va Ozarboyjon OTMlari Uyushmasi raisdoshi Ufa davlat neft texnikasi universiteti (UDNTU) rektori Ramil Baxtizin so‘zlab berdi.

- Ramil Nazifovich, Rossiya va Ozarboyjon OTMlari Uyushmasi qanday maqsadda tashkil qilindi?

— Bizning uyushmaning tarixiy ildizi juda qadimga borib taqaladi. XX asrning ko‘p o‘n yilliklari davomida bizning OTMlar birgalikdagi ishda katta tajriba orttirdi. Uni yo‘qotmaslik uchun oxirgi paytlarda Rossiya va mamlakatlar, ya’ni sobiq ittifoq respublikalar o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik qayta tiklandi. Xususan, o‘tgan yili Rossiya va Ozarboyjon OTMlari Uyushmasi ham paydo bo‘ldi.
Uyushma tarkibiga shunday OTMlar kiradiki, ularning har biridagi ta’lim muvofiq soha ish beruvchilari o‘rtasida o‘ziga xos sifat belgisi hisoblanadi. Umuman olganda, bu, uyushmani Rossiya Federatsiyasi va Ozarboyjon Respublikasi oliy ta’lim sohasidagi o‘ziga xos sifat belgisi sifatida qabul qilishga imkoniyat beradi.

- Uyushma qanday vazifalarni bajaradi?

— Uning faoliyati, birinchi o‘rinda, ittifoqdan keyingi davrda Rossiya va Ozarboyjon OTMlari o‘rtasida aloqalarni tiklashga yo‘naltirilgandir. Uyushma oldida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya sohalarida hamkorlikni muvofiqlashtirish, shuningdek, uning tarkibiga kiradigan OTMlar o‘rtasidagi bevosita aloqalarni kengaytirish bo‘yicha bir qator vazifalar mavjud. Bu vazifalarni bajarishga ko‘pasrli do‘stona qo‘shnichilik an’analari hamda mamlakatlarimizning iqtisodiy tizimining umumiyligi yordam bermoqda.

Ufa Davlat neft texnik universiteti - Sputnik O‘zbekiston
Neft va gaz sohasi mutaxassislari Ufa neft universitetida tajriba almashishdi

Bugungi kunda Uyushma talaba va o‘qituvchilarning akadem almashuvi, hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalar, tarmoq va elektron ta’lim, shuningdek, “qo‘sh” diplom dasturlari bo‘yicha o‘qitishni amalga oshirmoqda. Biz bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytrish, ilmiy nashrlarning xalqaro referativ bazalarida ilmiy asarlarning birgalikda olg‘a siljishi uchun OTMlararo mualliflar kollektivini tashkil qilish bilan shug‘ullanamiz. Birgalikda anjuman, talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlari bo‘yicha tanlov va shu kabilarni o‘tkazamiz

- Texnika OTMlar haqida batafsilroq so‘zlab bera olasizmi?

— Birgalikdagi o‘quv va ilmiy loyihalar OTM-hamkorlarimizning akademik va ilmiy maktablarni yaqishlashtirish imkonini beradi, bu esa albatta birgalikdagi tadqiqot, nashr va ixtirochilik faoliyatida o‘z natijasini beradi.
Hamkorlik, avvalambor, birgalikdagi o‘quv dasturlar bo‘yicha universitetlarning kooperatsiyasida namoyon bo‘ladi. Rossiya va Ozarboyjon OTMlari talabalari qo‘sh diplomlarni olishga ishtiyoqi katta va hozirda ularga buning imkoniyatini beradigan muayan xalqaro kelishuvlarga muvofiq keladigan mexanizmlar mavjuddir. OTM-hamkorlar o‘quv rejalarni qayta ishlab chiqishdi, qo‘sh diplom dasturlari bo‘yicha qabul qilish va o‘qitish uchun meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi.

- Bu dasturlar talabalarning talab darajasidami?

— Albatta. Mehnat bozori hozirgi kunda xalqaro tus oldi va jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, qo‘sh diplomning mavjudligi mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Ufa davlat neft texnikasi universiteti (UDNTU) va Ozarboyjon davlat neft va sanoat universiteti talabalari qo‘shma ta’lim dastur deb nomlanuvchi ta’limni o‘tamoqdalar.

- O‘zbek OTMlari bilan hamkorlik qilasizmi?

— Bizning hakmkorlikka ishtiyoqmiz, uni rejalashtiganmiz, ammo bugungi kunda bunday tashabbus hali yo‘q. Agar mamlakatlarimizning ta’lim vazirliklari muvofiq tashabbus bilan chiqsalar, biz uni bajonu dil qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bir qiziq dalilni ta’kidlab o‘tmoqchimiz: Rossiya va Ozarboyjon OTMlari o‘rtasidagi Uyushmaning tashkil qilinishi rossiya OTMlari o‘zaro ta’sirining aktivlashishiga olib keldi. Shunday qilib, masalan, Ufa davlat neft texnikasi universiteti Ural davlat tog‘ universiteti, T.M.Kalashnikov nomidagi Ijevsk DTU, Samara DTU va boshqa OTMlar bilan akademik almashuv dasturlarini boshladi. Bunday ikkitomonlama hamkorlikning misollari ko‘p.

- Uyushma yangi a’zolarni qabul qilishni ko‘zda tutadimi?

— Shak-shubhasiz, Uyushmaning eshigi qadriyatini baham ko‘radigan va uning ishida faol ishtirok etadigan yangi a’zolarga ochiqdir. Uning tarkibida a’zolar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Uyushma doirasida biz turli – texnik, gumanitar, tibbiyot, iqtisod… yo‘nalishlarda ish yuritishni ko‘zda tutmoqdamiz. Yaqin kunlarda biz tashkilotning ustavini qabul qilamiz, unda bir yilda ikki-uch marta OTMlarning yo‘nalishidan qat’iy nazar Uyushmaning forumini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bundan tashqari, yil davomida Uyushma doirasida mahalliy sathda, yo‘nalishlar bo‘yicha alohida OTMlar yoki OTM guruhlari ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.

- Uyushmaning yaqin kelajakdagi rejalari qanday?

— Hozir biz neft va gaz muhandisligi sohasidagi talabalar uchun xalqaro tanlovni tashkil qilishni muhokama qilmoqdamiz. Biz uyushmaga kiruvchi texnik OTM talabalari unda ishtirok etishini xohlardik. Bu neft va gaz muhandisligi sohasida yosh iste’dodlarni topishga yordam beradi.
Rossiya va Ozarboyjonda iqtisodiyoti sohasi qamrovi yaqindir, shuning uchun payti kelib ta’lim va ilm-fanda birgalikdagi dasturlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.

Yangiliklar lentasi
0