Neft va gaz sohasi mutaxassislari Ufa neft universitetida tajriba almashishdi

© Facebook Ufa Davlat neft texnik universiteti
Ufa Davlat neft texnik universiteti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademik Mirzojonzodaning ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalariga tatbiq qilingan g‘oyalarining amalga oshirilishi Rossiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon singari ko‘pgina mamlakatlar neft va gaz sohalarida tan olinib sanoat miqyosida keng joriy qilindi

TOShKENT, 18 noya – RIA Novosti. Neft va gaz sohasining yetakchi xalqaro mutaxassislari chorshanba kuni Ufa davlat neft texnik universitetida (UDNTU) ochiladigan akademik A. X. Mirzojonzoda xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada istiqbolli ilmiy yo‘nalishlar va yangi texnologiyalarni qo‘llash usullarini muhokama qildilar, deb oliygoh matbuot xizmatidan RIA Novostiga xabar berishdi.

16 dan 18-noyabrgacha o‘tgan konferensiyada 40 dan ortiq yetakchi olimlar, A. X. Mirzojonzoda ilmiy maktabining Ozarbayjon, Vetnam, Qazog‘iston, Rossiyalik namoyandalari, shuningdek Avstriya, Shveytsariya va Isroillik mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ufa davlat neft texnik universiteti 2016-yilda Rossiyaning tayanch oliygohi mavqe’iga ega bo‘ldi, va deyarli shu bilan bir vaqtda, Gazpromning tayanch oliygohi mavqqe’ini ham oldi, deb xabar berdi UDNTU rektori Ramil Baxtizin.

"Bu natijalarga, shu jumladan, universitetning akademik A. X. Mirzojonzoda asos solgan bir necha yetakchi ilmiy maktablari fa’oliyati tufayli erishildi. Uning ilmiy diqqat-e’tibori doirasi keng tadqiqot yo‘nalishlarini qamrab olardi: neft va gaz konlariga ishlov berish, uglevodorodlarni qazib olish va ularni transport qilish", — dedi u RIA Novostiga.

Akademik A. X. Mirzojonzoda shogirdlari qatoriga o‘z ilmiy maktablarini tashkil etgan ko‘pgina mashhur olimlar, shu jumladan, professorlar M. M. Xasanov, A. G. Gumerov, R. N. Baxtizin, V. Baykov, I. R. Baykov, A. M. Shammazov va boshqalar kiradi.

Akademikning ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalariga tatbiq qilingan g‘oyalarining amalga oshirilishi Rossiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon singari ko‘pgina mamlakatlar neft va gaz sohalarida tan olinib sanoat miqyosida keng joriy qilindi. Ilmiy masalalarni yechish usullari turli yo‘nalishlar olimlari: matematiklar, fiziklar, neftchilar, texnologlar, mexaniklar jamoasini bir ilmiy jamoaga birlashtirishda mujassamlashdi, deydi Ramil Baxtizin.

"Bunday yondashish o‘z vaqtidan o‘zib ketdi, va hozirda bunday hamjamiyatlar neft qazishning aktual muammolarini hal etishda juda katta yordam ko‘rsatapti", — deb ta’kidladi UDNTU rektori.

Forum ishi kunlarida shuningdek Rossiya va Ozarbayjon oliygohlari asotsiatsiyasi texnik oliygohlari rektorlarining ishchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Konferensiya qatnashchilari "UDNTU kuni" va "Yoshlar ilmiy festivali" tantanali tadbirlarida ham ishtirok etishdi.

Konferensiya tashkilotchilari – Ufa davlat neft texnik universiteti, Boshqirdiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, "BashNIPIneft" MChJ, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti, "Vetsovpetro" QK, Uxta davlat texnik universiteti, NIPI "Neftegaz" Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi va Rossiya va Ozarbayjon Oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyasi.

Yangiliklar lentasi
0