Turk armiyasi Asadni taxtdan ag‘darish uchun Suriyaga kirdi - Erdo‘g‘on

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi harbiy harakatlar
Suriyadagi harbiy harakatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bashar Asad hukmronligiga nuqta qo‘yish uchun Anqara Suriyada harbiy operatsiyani boshladi, deya bayonot qildi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Asadni taxtdan ag‘darish uchun Turk armiyasi Suriyaga kirdi, deb bayonot qilmoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Suriyada 600 ming nafar odam halok bo‘ldi, deyishadi. Lekin mening fikrimcha, ularning soni millionga yaqin bo‘lgan. BMT qani, u nima qilyapti? Biz uzoq vaqt sabr qildik, ammo oxir-oqibat "Suriya ozod armiyasi" bilan Suriyaga kirishga majbur bo‘ldik", — deb bayonot qildi Erdo‘g‘on, Istanbulda o‘tgan Iyerusalim bo‘yicha simpoziumda ishtiroki davomida.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya "egalariga tegishli bo‘lishi kerak" bo‘lgan Suriya yerlariga da’vo qilmayapti.

"Biz haqiqatni tiklash va mamlakatda davlat terrorchiligini barpo qilgan yovuz zolim Asadning hukmronligiga nuqta qo‘yish tarafdorimiz", — deb izoh berdi operatsiya maqsadi haqida Erdo‘g‘on.

Yangiliklar lentasi
0