53 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar muddatidan ilgari ovoz berdi

© MUHAMMADSHARIF MAMATKULOV / AFP Ovoz berish jarayoni
Ovoz berish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz berish 24-noyabr kuni boshlangandi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz bergan fuqarolar soni 29-noyabr oqshomi holatiga ko‘ra 53 501 kishini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda NUZ.UZ xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz berish 24 noyabr kuni boshlandi. Saylov uchastkalari 2-dekabr kuniga qadar mahalliy vaqt bilan soat 9:00dan 18:00gacha ishlaydi.

2016 yilgi saylovlarga taklifnoma - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolarga saylov taklifnomalari tarqatilishi boshlandi

Qonunchilikka muvofiq, biror sabab bilan saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 9 381 saylov uchastkasi tashkil etildi, ulardan 44tasi mamlakat tashqarisida tashkil qilingan. Saylovda 21,435 million nafar saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Davlat rahbari lavozimiga O‘zbekistondagi to‘rt siyosiy partiya o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan. Prezident besh yil muddatga saylanadi.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajarish mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0